Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Aholini oqova suv xizmati bilan ta’minlash masalasi o‘rganildi

Aholini oqova suv xizmati bilan ta’minlash masalasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Ulug‘bek Allaberganov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Matyaqubova biriktirilgan tashkilot — “Xorazm suv ta’minoti” AJ Qo‘shko‘pir tuman bo‘limida bo‘lib, bo‘lim rahbari Q. Matyoqubov bilan uchrashdilar.
Uchrashuv davomida tumanda aholiga ichimlik va oqova suv xizmatlarini ko‘rsatish, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi “2025–2027-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-454-son qaroriga muvofiq, Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani markazida yashovchi aholiga oqova suv xizmatlarini ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish maqsadida 110 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.
Mazkur loyiha doirasida qurilish ishlari yakunlanib, ayni paytda tizimni sinovdan o‘tkazish ishlari olib borilayotgani qayd etildi. Shu bilan birga, tuman hududida joylashgan davlat tasarrufidagi bino va inshootlarni markaziy oqova suv tarmog‘iga ulash masalasi ham muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi. Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘ masalasi ham o‘rganildi.
Deputat aniqlangan muammoni nazorat jurnaliga qayd etib, uning qonuniy yechimini ta’minlash maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi bilan murojaat qilishini bildirdi.
Bunday amaliy o‘rganishlar hududdagi muammolarni joyiga chiqqan holda aniqlash, ularning yechimini mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ta’minlash hamda aholi manfaatlarini himoya qilishda deputatlik nazoratining muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi.

Slide 1 of 1