Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Ilmni qadrlang, ilmga intiling!

   

Ilmni qadrlang,
ilmga intiling!
 

Bugun, 25-may -
yurtimizning barcha maktablarida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari
bo‘lib o‘tmoqda.
 

 O‘z oldiga ulkan va ezgu maqsadlarni qo‘ygan
yoshlar, qadrdon maktablari bilan xayrlashib, katta hayot sari qadam qo‘ymoqda.
 

Farg‘ona
tumanining Yoyilma MFY hududida joylashgan
42-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2023- yil 25-may kuni “Ilmni
qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri
o‘tkazildi. Tadbirda Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari
O.Dadajonova, F.Mirzayev, MFY raisi A.Alimov va ota-onalar ishtirok etdilar.
 

Tadbir davomida
bitiruvchilarni mustaqil hayot ostonasiga qo‘yayogan qadamlari qutlug‘
bo‘lishligini, o‘zlari olgan ilmlari va tarbiyalari bilan kelajakda ota-onalar
va ustozlar orzusidagidek komil insonlar bo‘lib, oliy ta’lim muassasalarini
bitirib, o‘zlari sevgan kasb egalari bo‘lishliklari tilandi, hamda tadbirda yil
davomida namunali hulq va a’lo baholarga o‘qib, eng yuqori natijalarga erishgan
iqtidorli bitiruvchilar viloyat, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi
bo‘limining, maktab ma’muriyatining faxriy yorliqlari bilan,
maktab hayotida faol ishtirok etayotgan,
shuningdek, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga o‘rnak
bo‘layotgan o‘quvchilarning ota-onalari “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”,
“Mas’uliyatli ota-ona”, “A’lochi o‘quvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” kabi
nominatsiyalari bo‘yicha tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alar bilan
taqdirlandilar.
 

Tadbir so‘nggida
bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘zlariga ta’lim-tarbiya bergan ustozlariga,
ota-onalariga va maktab direktori B. Maxmudovlarga o‘z minnatdorchiliklarini
bildirib, kelgusida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning
yoshlarga nisbatan bildirgan ishonchlarini oqlashga va’da berdilar.
 

Aziz
bitiruvchilar! Hayotda har doim faqat olg‘a qadam bosishlaringizni, har qanday
vaziyatda ham tik turgan holda kelajakka ishonch ko‘zi bilan
qarashliklaringizni mehnatingiz va mas’uliyatingiz bilan ko‘zlagan
maqsadlaringizga yetishishingizni va eng asosiysi o‘zingiz yaxshi ko‘rgan kasb
bilan shug‘ullanishliklaringizga tilakdoshmiz.
 

  

Slide 1 of 1