2024-yil 14-dekabr kuni Toshkent viloyati O'rta Chirchiq tumani kengashi deputati Dushayeva Nazokat Sharofiddinovna o'ziga biriktirilgan Fayzobod MFY xududidagi aholi murojatlari yuzasidan shu hududning Ko'klam ko'chasida joylashgan 3-IDUM o'quvchilarini xavfsizligini ta'minlash,yo'l transport hodisalarini oldini olish maqsadida Toshkent viloyati IIBB YXXB boshlig'i A.Sadirovga deputatlik so'rovi bilan murojat qildi va muammoni tushuntirib amaliy yordam so'radi.
Deputatlik so'rovi bo'yicha tez kunlarda amaliy yordam berilib, piyodalar o'tish yo'lakchasi chizilib, maket o'rnatilib, yo'l posboni bilan ta'minlandi.