Yoshlarni vatanparvarlik va ona yurtga muhabbat, milliy qadriyat va an’analarimizga hurmat, shonli tariximizni chuqur bilish ruhida tarbiyalash maqsadida Urganch shahridagi J.Manguberdi harbiy litseyida ma’naviy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O’zbekiston “VETERAN” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasining Xorazm viloyat bo’limi rahbari, shahar Kengashi deputati R.Boltayev so‘zga chiqib, mamlakatimizda inson omiliga yuksak e’tibor berilayotgani, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan jamiyatimizning har bir a’zosiga g‘amxo‘rlik, mehr-oqibat ko‘rsatilayotgani, inson qadr-qimmati, uning orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratib berish ustuvor vazifaga aylangani haqida alohida ta’kidladi.
Uchrashuvda qatnashgan yoshi ulug‘ faxriylar, o‘zlarining hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida o‘z dil so‘zlarini, samimiy fikrlarini bildirdilar.