35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌Tinglangan murojaat — amaliy yechim asosi
янв.21
Deputat hududdagi muammolar yuzasidan ko‘chaboshilar bilan muloqot o‘tkazdi
янв.21
“Ayol qadri ulug‘langan jamiyatda taraqqiyot bo‘ladi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Murojaatlar ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
📌Haftalik ish rejalari belgilandi
янв.21
Oliy Majlis Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisi o‘z ishini yakunladi
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi o'ttiz beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali direktori E.Mamasoliev:
янв.21
Viloyat Kengashida viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʼyicha oʼrinbosari R.Qobilov: Samarqand xalqaro tadbirlar markaziga aylanmoqd
FIDOIY KO‘CHASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

 FIDOIY KO‘CHASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati G.O‘ktamova hamda kotibiyat
bosh mutaxassisi A.Fozilov tomonidan Tinchilik mahalla fuqarolar yig‘inining
Fidoiy ko‘chasida o‘rganish ishlari olib borildi.
 

O‘rganish davomida deputat ko‘chaboshi T.Qurbonov bilan birgalikda ko‘cha
hududini aylanib chiqdi, aholi bilan suhbatlashdi. Muammolarni o‘rgandi.
 

Aholi tomonidan asosiy muammo etib Fidoiy ko‘chasidagi elektr tayanch
ustunlarining ma’nan eskirganligi, almashtirish maqsadga muvofiqligi
bildirildi.
 

Deputat tomonidan mazkur masalani hal etish uchun tegishli hujjatlarni
belgilangan tartibda rasmiylashtirib, tuman hokimligiga taqdim etish yuzasidan
mahalla mas’ullariga tavsiya berdi.
 

Shu o‘rinda ushbu muammoni ijobiy hal etilishi Kengash tomonidan ko‘rib
chiqilishi ta’kidlandi.
 

Mazkur muammo “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga kiritilib, uning
ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.
  

Slide 1 of 4