35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌Tinglangan murojaat — amaliy yechim asosi
янв.21
Deputat hududdagi muammolar yuzasidan ko‘chaboshilar bilan muloqot o‘tkazdi
янв.21
“Ayol qadri ulug‘langan jamiyatda taraqqiyot bo‘ladi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Murojaatlar ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
📌Haftalik ish rejalari belgilandi
янв.21
Oliy Majlis Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisi o‘z ishini yakunladi
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi o'ttiz beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali direktori E.Mamasoliev:
янв.21
Viloyat Kengashida viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʼyicha oʼrinbosari R.Qobilov: Samarqand xalqaro tadbirlar markaziga aylanmoqd
#_162_ta_qonun VASIYLIK VA HOMIYLIK — INSONPARVARLIK HAMDA HUQUQIY HIMOYANING MUHIM KAFOLATI

#_162_ta_qonun
VASIYLIK VA HOMIYLIK — INSONPARVARLIK HAMDA HUQUQIY HIMOYANING MUHIM KAFOLATI


Oʻzbekiston Respublikasining “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Qonuni 2013-yil 8-noyabrda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan hamda 2013-yil 12-dekabrda Senat tomonidan maʼqullangan.

Mazkur Qonun ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, shuningdek, oʻz huquq va manfaatlarini mustaqil himoya qila olmaydigan fuqarolarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini taʼminlash, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda himoya qilishning huquqiy asoslarini belgilaydi.

Vasiylik va homiylikning asosiy maqsadi — muhtoj shaxslarning shaxsiy, mulkiy va boshqa qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning hayotda munosib oʻrin egallashi hamda jamiyatda toʻlaqonli yashashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.

Qonunga muvofiq:
voyaga yetmagan, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning huquq va manfaatlari davlat himoyasida boʻladi;
muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaxslarning huquqlari vasiy va homiylar orqali himoya qilinadi;
vasiy va homiylar oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishi, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning manfaatlarini birinchi oʻringa qoʻyishi shart;
vasiylik va homiylik organlari ushbu jarayonni qonuniy tashkil etish va nazorat qilish uchun masʼul hisoblanadi.

Kimlarga vasiy yoki homiy tayinlanadi?
ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga;
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarga;
muomala layoqati cheklangan shaxslarga;
qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga.

Vasiy va homiyning asosiy majburiyatlari:
vasiylikdagi shaxsning sogʻligʻi, taʼlimi va tarbiyasi haqida gʻamxoʻrlik qilish;
uning huquq va qonuniy manfaatlarini barcha davlat organlari hamda tashkilotlarda himoya qilish;
mol-mulki va mablagʻlaridan faqat uning manfaatlari yoʻlida foydalanish;
qonunchilik talablariga qatʼiy rioya etish.

Mazkur Qonun jamiyatimizda mehr-oqibat, insonparvarlik va ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Ayniqsa, ota-ona mehridan mahrum boʻlgan bolalar hamda alohida himoyaga muhtoj fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Har bir bolaning baxtli bolaligi, har bir insonning huquqiy himoyasi va munosib hayoti — davlat hamda jamiyatning ustuvor vazifalaridan biridir. Vasiylik va homiylik esa ana shu ezgu maqsadga xizmat qiluvchi muhim huquqiy institutdir.

Slide 1 of 1