35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi o'ttiz beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali direktori E.Mamasoliev:
янв.21
Viloyat Kengashida viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʼyicha oʼrinbosari R.Qobilov: Samarqand xalqaro tadbirlar markaziga aylanmoqd
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand vilyoat Kengashi binosida xalq deputatlari viloyat Kengashining 35-sessiyasi o‘z ishini boshladi
янв.21
Samarqand viloyatida 10 ta zamonaviy tezyurar elektropoyezd xarid qilish loyiha konsepsiyasi tasdiqlandi
янв.21
Viloyat va shahar Kengashi deputatlari Samarqand shahridagi Devoli Kundalang mahallasida bo‘ldilar
янв.21
Toyloq tuman Kengashi faoliyati tahlil qilinib, ustuvor vazifalar belgilandi
янв.21
Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERILDI
янв.21
14-sonli maktabda olib borilayotgan qurilish ishlari deputat nazoratida
MAJID TAXIROV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA AXBOROT BERDI

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATI MAJID TAXIROV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA AXBOROT BERDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Majid Taxirov Shayxontohur tumanidagi Taxtapul mahallasida joylashgan 20-maktabda saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazib, 2026-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati, aholi murojaatlari bilan ishlash natijalari hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha bajarilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.

📝 Mazkur axborot uchrashuvini tashkil etish jarayonida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Jahongir G‘ulomqodirov hamda tuman Kengashi raisi, kotibiyat xodimlari va tuman Kengashi deputatlari faol ishtirok etdi. Shuningdek, yig‘ilishda Shayxontohur tumani hokimligi mas’ul xodimlari, Toshkent shahar kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari vakillari, O‘zLiDeP partiyasi vakillari, mahalla raislari, faollar hamda saylovchilar qatnashdi.

🗣 Hisobotda ta’kidlanganidek, 2026-yilning ikkinchi choragi davomida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 3 ta sessiyasi hamda doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazilib, deputat Majid Taxirov ushbu jarayonlarda faol ishtirok etdi. Sessiya va komissiya yig‘ilishlarida bolalar maydonchalarini qurish va ta’mirlash, ko‘p qavatli uylardagi liftlarni yangilash, kirish yo‘laklarini ta’mirlash, mahalla infratuzilmasini yaxshilash hamda hududlarni obodonlashtirish masalalari muhokama qilindi.

🔺 Deputat tomonidan mahalla infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan 10 ta taklif, jumladan sport maydonchalarini barpo etish va ta’mirlash, hududlarni obodonlashtirish hamda yo‘llarni ta’mirlashga oid masalalar Toshkent shahar Kengashiga kiritilib, tegishli qaror loyihalarida o‘z aksini topdi.

🌳 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 29-“Xadra” saylov okrugida 2 ta bog‘ tashkil etilib, mahallalarda 500 dan ortiq manzarali hamda 400 ga yaqin mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.

🤝 Aholi bilan ochiq muloqot doirasida chorak davomida 6 marotaba sayyor qabul, 4 ta uchrashuv va 3 ta ochiq muloqot tashkil etildi. Ularda 100 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etib, uy-joy, kommunal xizmatlar, bandlik, ijtimoiy yordam va obodonlashtirishga oid murojaatlar ko‘rib chiqildi.

📨 Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarning 40 tasi ijobiy hal etildi, 15 ta murojaat yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Shuningdek, 20 nafar band bo‘lmagan fuqaroning bandligi ta’minlandi.

📉 Aholi bilan uchrashuv va qabullar davomida aniqlangan sug‘orish tizimi, obodonlashtirish hamda boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatiga oid muammolar yuzasidan 5 ta deputatlik so‘rovi Toshkent shahar va tuman darajasidagi tegishli tashkilotlarga yuborilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

🗣 Hisobot davrida 100 nafardan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaro bilan manzilli ishlash tashkil etilib, shuningdek 40 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratilgani qayd etildi.

🛠 29-“Xadra” saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash doirasida 1,8 ming kvadrat metr asfalt qoplamasi yotqizildi, 8 ta ko‘p qavatli uyga lift o‘rnatildi, 20 ta kirish yo‘lagi ta’mirlandi, 1 ta transformator almashtirildi hamda 1,8 kilometr elektr kabeli tortildi.

🔥 Gaz ta’minoti tizimini yaxshilash yo‘nalishida esa 4 ta gaz taqsimlash punkti o‘rnatilib, 8 ta gaz taqsimlash punkti texnik ko‘rikdan o‘tkazildi, shuningdek 1 200 metr gaz quvuri bo‘yaldi.

💡 Hisobot yakunida uchinchi chorak uchun ham qator ustuvor vazifalar belgilandi. Jumladan, irrigatsiya tarmoqlarini tartibga keltirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ko‘p qavatli uylar va yakka tartibdagi turar joylarda aholi uchun qulay sharoit yaratish, tibbiy xizmat sifatini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tuman tibbiyot birlashmasi hamda kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari bilan hamkorlikda aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10