35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi o'ttiz beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali direktori E.Mamasoliev:
янв.21
Viloyat Kengashida viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʼyicha oʼrinbosari R.Qobilov: Samarqand xalqaro tadbirlar markaziga aylanmoqd
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand vilyoat Kengashi binosida xalq deputatlari viloyat Kengashining 35-sessiyasi o‘z ishini boshladi
янв.21
Samarqand viloyatida 10 ta zamonaviy tezyurar elektropoyezd xarid qilish loyiha konsepsiyasi tasdiqlandi
янв.21
Viloyat va shahar Kengashi deputatlari Samarqand shahridagi Devoli Kundalang mahallasida bo‘ldilar
янв.21
Toyloq tuman Kengashi faoliyati tahlil qilinib, ustuvor vazifalar belgilandi
янв.21
Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERILDI
янв.21
14-sonli maktabda olib borilayotgan qurilish ishlari deputat nazoratida
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_mudiri_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#24_ta_masala

Mahallada uyma-uy yurilib, aholi murojaatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov tomonidan "Obod yurt" mahallasida deputatlik nazorati doirasida navbatdagi uyma-uy o‘rganish tadbirlarini amalga oshirdi.

O‘rganishlar mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya asosida tashkil etildi. Xonadonlarga tashrif davomida fuqarolarning bandligi, tomorqadan samarali foydalanish holati, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning yashash sharoiti, kommunal xizmatlar sifati, ichimlik suvi, elektr energiyasi, yo‘l va obodonlashtirish bilan bog‘liq masalalar hamda mahallada olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari yuzasidan fikr va mulohazalar tinglandi.

Har bir murojaat yuzasidan mas’ul idora va tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berish, ularning ijrosini deputatlik nazorati asosida monitoring qilib borish hamda fuqarolarni qanoatlantiradigan yechimga erishish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 3