MAHALLA BOSHQARUVIGA OID QONUNCHILIK MAZMUN-MOHIYATI TARG‘IB QILINDI
Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati A.Isaxonov tuman Kengashi doimiy komissiyalari faoliyati doirasida o‘ziga biriktirilgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish hamda ularning joylardagi ijrosini o‘rganish maqsadida Gulobod mahallasida bo‘lib, mahalla faollari ishtirokida huquqiy targ‘ibot uchrashuvini o‘tkazdi.
Uchrashuvda Kengash huzuridagi Eksport maslahat guruhi a’zosi S.Teshaboyev,
kotibiyat mutaxassisi A.Fozilov, “mahalla yettiligi” vakillari hamda
mahalla faollari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil
22-apreldagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi
Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” O‘RQ–350-son Qonuni hamda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Mahalla
boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PF–116-son Farmonining mazmun-mohiyati tushuntirilib,
ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.