“Samarqand – 2030”: Hududiy yalpi mahsulot 2 barobarga oshiriladi
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi sessiyasida muhokama qilingan “Samarqand – 2030” strategiyasi loyihasiga ko‘ra, viloyat iqtisodiyotini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha aniq maqsadlar belgilanmoqda.
🔹 2025 yilda viloyat hududiy yalpi mahsuloti – 10,1 mlrd dollar
🔹 2030 yilgacha – 20,5 mlrd dollarga yetkaziladi
Shuningdek:
✅ Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi – 115 trln so‘mga
✅ Xizmatlar hajmi – 150 trln so‘mga
✅ Qurilish ishlari hajmi – 36,9 trln so‘mga
✅ Aholi jon boshiga YAHM – 5,3 ming dollarga yetkaziladi
Strategiya doirasida mutlaq kambag‘allikka barham berish, ishsizlik darajasini 4 foizgacha qisqartirish hamda aholi daromadlarini izchil oshirish nazarda tutilgan.