35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERILDI
янв.21
14-sonli maktabda olib borilayotgan qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
Aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Haftalik ish rejalari belgilandi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan bolalarning ta’limga qamrovi ta’minlandi
янв.21
QO'SHMA DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi
янв.21
.Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva rahbarligida Prezident raisligida oʻtkazilgan videoselektor
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Viloyat Kengashida viloyat Prokurori M.Eshnazarov
AHOLINI BARQAROR ENERGIYA BILAN TA’MINLASH YO‘LIDA DEPUTATLIK NAZORATI KUCHAYTIRILMOQDA

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #haftalik_ish_reja_ijrosi

AHOLINI BARQAROR ENERGIYA BILAN TA’MINLASH YO‘LIDA DEPUTATLIK NAZORATI KUCHAYTIRILMOQDA

🇺🇿 Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Prezidentimiz tomonidan belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, energetika tizimida barqarorlikni mustahkamlash hamda senatorlar va mahalliy Kengash deputatlarining nazorat faoliyatini yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📊 Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan "4-Qoryog‘di" saylov okrugi deputati Djalolov Sanjar Gayratovich hamda Qoryog'di mahalla raisi Alisher Yakubovlar tomonidan okrug hududidagi Qoryog‘di mahallasida joylashgan transformator punktlari (TP) hamda gaz taqsimlash punktlarining (GTP) kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

📝 O‘rganish jarayonida mazkur obyektlarning texnik holati, kuz-qish mavsumida uzluksiz va barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan holatlar bo‘yicha mutasaddilarga tegishli tavsiyalar va takliflar bildirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar ko‘rish tavsiya etildi.

🕯 Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar aholini kuz-qish mavsumida elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash, shuningdek, hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasining ishonchli ishlashini ta’minlashga xizmat qiladi.

💼 Mazkur o'rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi koibiyati bosh mutaxassisis U.Abilov hamda tegishli mas'ullar ham ishtirok etishdi.

📈 Deputat tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlar, shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni doimiy nazoratga olinib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar monitoring qilib borilishi belgilandi.

Slide 1 of 4