35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shahidlar xotirasi yod etildi: deputat ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand iloyat Kengashi deputatining maqolasi “Xalq so‘zi” gazetasida chop etildi
янв.21
Yoshlar — kelajak bunyodkorlaridir!
янв.21
Dehqonobod mahallasidagi 18-maktabda davlat dasturlari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq ishonchi — yuksak mas’uliyat
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi Yettinchi chaqiriq o'ttiz oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan mahalla binosi qayta ta’mirlanmoqda
янв.21
Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish — dolzarb vazifa
янв.21
Senator Urgut tumanidagi davlat dasturlari ijrosi bilan tanishdi.
янв.21
Senator tomonidan Go‘zalkent mahallasida obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish masalalari o‘rganildi
20-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida xavfsizlik holati o‘rganildi

20-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida xavfsizlik holati o‘rganildi

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Hay’atining 2026-yil 3-apreldagi H-4/3-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda ta’lim tashkilotlarida bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, ular uchun xavfsiz va qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xudayqulova Nargiza Gaybullayevna tomonidan Navoiy shahridagi 20-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, yong‘in, elektr, sanitariya-gigiyena hamda umumiy xavfsizlik talablariga rioya etilishi holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotidagi tarbiyalanuvchilar foydalanadigan mashg‘ulot xonalarining holati ko‘zdan kechirilib, ayrim xonalardagi linoleum qoplamalarining 80 foizga yaqini yaroqsiz holga kelgani aniqlandi.

Mazkur holat bolalar uchun xavfsiz muhit yaratish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish hamda mashg‘ulot jarayonlarini sifatli tashkil etishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi qayd etildi.
Aniqlangan masala yuzasidan Navoiy shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘iga deputatlik so‘rovi yuborildi. Unda yaroqsiz holga kelgan linoleum qoplamalarini almashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, mavjud rejalar hamda belgilangan vazifalar yuzasidan tegishli ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Mazkur masala O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, 2019-yil 16-dekabrdagi O‘RQ-595-son “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena hamda xavfsizlik talablariga oid amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida ko‘rib chiqilmoqda.

Slide 1 of 2