35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi o'ttiz beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali direktori E.Mamasoliev:
янв.21
Viloyat Kengashida viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʼyicha oʼrinbosari R.Qobilov: Samarqand xalqaro tadbirlar markaziga aylanmoqd
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand vilyoat Kengashi binosida xalq deputatlari viloyat Kengashining 35-sessiyasi o‘z ishini boshladi
янв.21
Viloyat va shahar Kengashi deputatlari Samarqand shahridagi Devoli Kundalang mahallasida bo‘ldilar
янв.21
Samarqand viloyatida 10 ta zamonaviy tezyurar elektropoyezd xarid qilish loyiha konsepsiyasi tasdiqlandi
янв.21
Toyloq tuman Kengashi faoliyati tahlil qilinib, ustuvor vazifalar belgilandi
янв.21
Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERILDI
янв.21
14-sonli maktabda olib borilayotgan qurilish ishlari deputat nazoratida
Mahalladagi hamkorlik va muloqot samaradorligi o‘rganildi

Mahalladagi hamkorlik va muloqot samaradorligi o‘rganildi
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi raisi M. Tangriberganov hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi S. Matyaqubova Sherobod mahallasida bo‘lib, mahalla "yettiligi" faoliyati, fuqarolar bilan olib borilayotgan hamkorlik va o‘zaro munosabatlar holatini joyiga chiqib o‘rgandilar.
O‘rganish jarayonida mahalla tizimida aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularni o‘z vaqtida bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, mahalla "yettiligi"ning mas’uliyatini yanada oshirish hamda davlat organlari va jamoatchilik o‘rtasidagi samarali hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiya va vazifalar belgilab olindi.
Ta’kidlanganidek, mahalla tizimida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, aholi bilan doimiy muloqot olib borish va ularning muammo hamda takliflariga o‘z vaqtida munosabat bildirish hududlarni barqaror rivojlantirish va xalq manfaatlarini ta’minlashning muhim omillaridan biridir.