35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati Kengashining Turizm sohasini jadal rivojlantirish orqali uning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish masalasiga bag'ishlangan yig'ilishi videokonferensiya shaklida o'tkazildi
янв.21
Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi o'ttiz to'rtinchi sessiyasi 29-iyul kuni o‘tkaziladi 📣
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NARPAY TUMANI KENGASHI BINOSI VA KOTIBIYATI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Deputat saylovchilari bilan uchrashib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi
янв.21
Sport infratuzilmasini yaxshilashdan hududlarni kompleks rivojlantirishgacha
янв.21
Viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Viloyat hokimligi katta majlislar zalida Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari 33-sessiyasi o‘z ishini boshladi
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuvda ko‘tarilgan muammolar amaliy yechim topmoqda
DEPUTATNING SAYLOVCHILAR OLDIDAGI NAVBATDAGI AXBOROTI ESHITILDI

#deputatlik_faoliyati_Uchtepa #deputat_axboroti

DEPUTATNING SAYLOVCHILAR OLDIDAGI NAVBATDAGI AXBOROTI ESHITILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zbekiston "Adolat" SDPdan saylangan "6-Xondamir" okrugi deputati Azizov Kamolitdin Tulyaganovichning saylovchilari oldida 2026-yil II choragi yakunlari bo‘yicha amalga oshirgan ishlari yuzasidan axboroti eshitildi.

📂 Mazkur tadbir Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining 2026-yil II choragi davomida o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berishi bo‘yicha tasdiqlangan reja-jadvalni amalga oshirish hamda Kengashning 2026-yil 21-iyuldagi III-31-64-14-202-K/26-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

💼 Unda tumandagi ijro organi vakillaridan “Uchtepa elektr tarmoqlari” korxonasi, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi hamda tuman Maxsustrans korxonasi vakillari, shuningdek, saylovchilar ishtirok etishdi.

🕯 Axborot davomida deputat II chorak mobaynida amalga oshirgan ishlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Xususan, hisobot davrida deputat tomonidan 3 ta deputatlik so‘rovi yuborilgani, ulardan biri Ibrat mahallasida aholini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan yomg‘ir va oqova suvlarining to‘planishi bilan bog‘liq muammoni hal etishga qaratilgani ta’kidlandi.

📁 Mazkur deputatlik so‘rovi asosida muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilib, masalani 2027-yilgi dasturga kiritish belgilanganligi haqida ham ma’lumot berildi.

🗣 Shuningdek, deputat o‘ziga biriktirilgan Xondamir, Sharq Yulduzi va Ibrat mahallalarida aholi bilan uchrashuvlar, sayyor qabullar hamda hududlarni o‘rganish ishlari olib borilgani, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ularning ijrosi nazoratga olinganini qayd etdi.

🧠 Tadbir yakunida saylovchilar tomonidan deputat faoliyati yuzasidan fikr va takliflar bildirilib, hududdagi mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar vakillari bilan birgalikda tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 6