35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati Kengashining Turizm sohasini jadal rivojlantirish orqali uning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish masalasiga bag'ishlangan yig'ilishi videokonferensiya shaklida o'tkazildi
янв.21
Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi o'ttiz to'rtinchi sessiyasi 29-iyul kuni o‘tkaziladi 📣
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NARPAY TUMANI KENGASHI BINOSI VA KOTIBIYATI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Deputat saylovchilari bilan uchrashib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi
янв.21
Sport infratuzilmasini yaxshilashdan hududlarni kompleks rivojlantirishgacha
янв.21
Viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Viloyat hokimligi katta majlislar zalida Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari 33-sessiyasi o‘z ishini boshladi
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuvda ko‘tarilgan muammolar amaliy yechim topmoqda
🔰Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

🔹Sessiya ishida Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi raisi va deputatlar, shuningdek, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, mutaxassislar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Sessiyada shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash va aholi turmush sharoitini oshirishga qaratilgan qator muhim masalalar muhokama qilindi.

🔻Sessiya kun tartibiga quyidagi muhim masalalar kiritildi:

1. Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining 2026-yilning II-choragi davomida Jizzax shahrini korrupsiyadan xoli hududga aylantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, shaharda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida, shuningdek jamoat xavfsizligi to‘g‘risidagi hisobotini eshitish.

2. Shahar hokimi birinchi o‘rinbosarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ-468-son qarorning Jizzax shahridagi ijrosi yuzasidan 2026-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar hamda Jizzax shahridagi og‘ir toifadagi Sayxon» mahallasini kompleks rivojlantirish bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturi ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisobotini eshitish.

3. “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunning Jizzax shahridagi ijrosining 2026-yil birinchi yarim yillik yakunlari to‘g‘risida.

4. Hududiy tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan 2026- yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

5. Shaharga investitsiyalarni jalb qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish, eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlari bo‘yicha 2026-yilning 6-oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

6. Jizzax shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining 2026-yilning 2-choragi davomida mahalliy byudjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risidagi hisobotini eshitish.

7. Shaharda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida.

8. “Jizzaxshahargaz” taʼminoti bo‘limi tomonidan aholini uzluksiz va barqaror tabiiy gaz bilan taʼminlash, gaz tarmoqlarini rekonstruksiya qilish, modernizatsiya qilish hamda tabiiy gaz taʼminoti tizimida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida.

9. Jizzax shahar elektr taʼminoti bo‘limi tomonidan Jizzax shahri hududidagi aholi va ulgurji isteʼmolchilarni kuz-qish mavsumida uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida.

10. Deputatlar tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovlariga javob berilganligi natijalari to‘g‘risida.

11. Shahar byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida.

12. “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

13. jizzax shahrida mahallalarga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidantaqsimlangan mablag‘larga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.

14. Xalq deputatlari shahar Kengashining ayrim qarorlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.

🔹Sessiya davomida masalalar yuzasidan mas‘ullar axborot va hisobotlar bilan chiqish qildi, deputatlar tomonidan taklif va mulohazalar bildirildi. Muhokamalar yakunida kun tartibidagi barcha masalalar atroflicha ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 10