35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi o'ttiz to'rtinchi sessiyasi 29-iyul kuni o‘tkaziladi 📣
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NARPAY TUMANI KENGASHI BINOSI VA KOTIBIYATI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Deputat saylovchilari bilan uchrashib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi
янв.21
Sport infratuzilmasini yaxshilashdan hududlarni kompleks rivojlantirishgacha
янв.21
Viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Viloyat hokimligi katta majlislar zalida Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari 33-sessiyasi o‘z ishini boshladi
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuvda ko‘tarilgan muammolar amaliy yechim topmoqda
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
Narpay tumanida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi
янв.21
Haftalik ish rejalari belgilandi
23-Pattakesar saylov okrugida deputatlik faoliyati amalda: mahallada muammolar joyiga chiqib o‘rganildi

Deputat mahalla hududidagi ko‘chalarga chiqib, ko‘chaboshilar, uyboshilar hamda fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qildi. Uchrashuvlar davomida aholini qiynayotgan mavjud muammolar tinglanib, ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va mulohazalar o‘rganildi.

Shuningdek, Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va hashar ishlari ham joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Mahalla faollari va fuqarolar tomonidan olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari yuzasidan fikr almashilib, hududlarni yanada obod va ozoda saqlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan masalalar deputat tomonidan deputatlik nazoratiga olinib, ularning yechimi yuzasidan tegishli mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi.

Slide 1 of 3