35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERILDI
янв.21
14-sonli maktabda olib borilayotgan qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
Aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Haftalik ish rejalari belgilandi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan bolalarning ta’limga qamrovi ta’minlandi
янв.21
QO'SHMA DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi
янв.21
.Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva rahbarligida Prezident raisligida oʻtkazilgan videoselektor
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Viloyat Kengashida viloyat Prokurori M.Eshnazarov
Deputat nazorati: Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Deputat nazorati: Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashiga 1-“O'zbekiston” saylov okrugidan saylangan deputat D.Safarova o‘z okrugiga qarashli “O'zbekiston” MFYda bo‘lib, deputat sifatida mahalla yettiligining ish samaradorligini o‘rgandi.

O‘rganish davomida asosiy e’tibor davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Mahalla yettiligi” tizimining joylardagi ijrosi, mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, aholi bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy daftarlar (“Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”) bilan ishlash holatiga qaratildi.

Deputat mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq inspektori va ijtimoiy xodimdan iborat yettilik a’zolarining o‘zaro hamkorligi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini tahlil qildi.