35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌Tinglangan murojaat — amaliy yechim asosi
янв.21
Deputat hududdagi muammolar yuzasidan ko‘chaboshilar bilan muloqot o‘tkazdi
янв.21
“Ayol qadri ulug‘langan jamiyatda taraqqiyot bo‘ladi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Murojaatlar ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
📌Haftalik ish rejalari belgilandi
янв.21
Oliy Majlis Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisi o‘z ishini yakunladi
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi o'ttiz beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali direktori E.Mamasoliev:
янв.21
Viloyat Kengashida viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʼyicha oʼrinbosari R.Qobilov: Samarqand xalqaro tadbirlar markaziga aylanmoqd
“Tashabbusli budjet” tizimida yangi imkoniyatlar joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-iyundagi PQ–243-son qaroriga muvofiq, “Tashabbusli budjet” tizimini yanada takomillashtirish, deputatlarning ushbu jarayondagi ishtirokini kuchaytirish hamda fuqarolarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tartiblar joriy etilmoqda.

2026-yil 1-avgustdan boshlab Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining “Tashabbusli budjet” jarayonidagi vakolatlari kengaytiriladi. Unga ko‘ra, har bir deputat o‘ziga biriktirilgan saylov okrugi manfaatlaridan kelib chiqib, “Ochiq budjet” axborot portalida bir mavsum uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida bir yoki bir nechta loyihani tanlab, ularni qo‘shimcha ravishda g‘olib deb e’lon qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Mazkur yangilik hududlarda dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, deputatning vakolati muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, “Tashabbusli budjet” jarayonlarida parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha komissiya qarori asosida tegishli saylov okrugi bo‘yicha qo‘shimcha g‘olib loyihalar boshqa deputatlar tomonidan aniqlanishi belgilandi.

Qarorga muvofiq, 2027-yil 1-yanvardan boshlab fuqarolar sheriklik loyihalarini nafaqat “Ochiq budjet” portali, balki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP), to‘lov tashkilotlari hamda tijorat banklarining mobil ilovalari orqali ham moliyalashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Bundan tashqari, mobil ilovalarda portal bilan integratsiya ta’minlanib, barcha sheriklik loyihalari ro‘yxati hamda “Tashabbusli budjet” jarayonlarining onlayn statistikasi real vaqt rejimida aks ettiriladi. Bu esa jarayonning ochiqligi, shaffofligi va fuqarolar uchun qulayligini yanada oshiradi.

Yana bir muhim yangilik sifatida, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 2000 baravarigacha bo‘lgan ichki yo‘llarni ta’mirlashga oid sheriklik loyihalarini tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan amalga oshirish tartibi joriy etilmoqda.

Mazkur o‘zgarishlar “Tashabbusli budjet” tizimining samaradorligini oshirish, deputatlarning hududlarni rivojlantirishdagi rolini kuchaytirish hamda fuqarolarning tashabbuslarini kengroq qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.