35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌Tinglangan murojaat — amaliy yechim asosi
янв.21
Deputat hududdagi muammolar yuzasidan ko‘chaboshilar bilan muloqot o‘tkazdi
янв.21
“Ayol qadri ulug‘langan jamiyatda taraqqiyot bo‘ladi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Murojaatlar ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
📌Haftalik ish rejalari belgilandi
янв.21
Oliy Majlis Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisi o‘z ishini yakunladi
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi o'ttiz beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali direktori E.Mamasoliev:
янв.21
Viloyat Kengashida viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʼyicha oʼrinbosari R.Qobilov: Samarqand xalqaro tadbirlar markaziga aylanmoqd
📍 Deputat o‘z saylov okrugi hududida ko‘chama ko‘cha yurish orqali yangi tashkil etilgan tadbirkorlik obyektlari faoliyati bilan tanishdi.

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 8-Shovot saylov okrugidan saylangan deputati Yusupova Feruza Shuxratovna, Shovot tumani Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi D. Abdrimova hamda O‘zbekiston XDP Shovot tuman Kengashi raisi O. Akimova ishtirokida saylov okrugi hududida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida Shovot mahallasida ko‘chama ko‘cha yurib amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari, yangi loyihalarning borishi, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda savdo shoxobchalarining faoliyati joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirish, fuqarolar uchun yaratilayotgan qulayliklarni kengaytirish hamda xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Aholi bilan muloqot davomida ularning fikr va takliflari tinglanib, mavjud masalalarni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Bunday o‘rganishlar hududlarni kompleks rivojlantirish, aholining turmush sifatini yaxshilash, zamonaviy va qulay yashash muhitini yaratish hamda fuqarolarning islohotlar samaralaridan rozi bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3