35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌Tinglangan murojaat — amaliy yechim asosi
янв.21
Deputat hududdagi muammolar yuzasidan ko‘chaboshilar bilan muloqot o‘tkazdi
янв.21
“Ayol qadri ulug‘langan jamiyatda taraqqiyot bo‘ladi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Murojaatlar ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
📌Haftalik ish rejalari belgilandi
янв.21
Oliy Majlis Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisi o‘z ishini yakunladi
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi o'ttiz beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali direktori E.Mamasoliev:
янв.21
Viloyat Kengashida viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʼyicha oʼrinbosari R.Qobilov: Samarqand xalqaro tadbirlar markaziga aylanmoqd
Kotib

Mirzo Ulug‘bek tumanining “Oqibat”, “Nur”, “Lashkarbegi” va “Mustaqillik” mahallalari fuqarolar yig‘inlarida psixologlar tomonidan “Ayollar daftari” ro‘yxatida turgan, psixologik yordamga muhtoj xotin-qizlar uchun psixologik suhbat va treninglar tashkil etilmoqda.

“Oqibat” mahallasida o‘tkazilgan uchrashuvda Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi raisi, O‘zLiDeP a’zosi Yuldasheva Muyassar Tairovna ham ishtirok etib, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni tadbirkorlikka, kasb-hunarga o‘rgatish va ruhiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida mahallalarda doimiy ravishda bepul seminar-treninglar tashkil etilayotganligi haqida gapirib o‘tdi. 

Ta’kidlanishicha, bunday uchrashuv va davra suhbatlari jamiyatda huquqiy ongni yuksaltirish, oilalar mustahkamligini ta’minlash hamda zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 2