35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERILDI
янв.21
14-sonli maktabda olib borilayotgan qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
Aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Haftalik ish rejalari belgilandi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan bolalarning ta’limga qamrovi ta’minlandi
янв.21
QO'SHMA DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi
янв.21
.Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva rahbarligida Prezident raisligida oʻtkazilgan videoselektor
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Viloyat Kengashida viloyat Prokurori M.Eshnazarov
Mahallani obod etish — barchamizning umumiy mas'uliyatimiz
Mahallani obod etish — barchamizning umumiy mas'uliyatimiz

Xalq deputatlari Sariosiyo tumaniKengashining “1-Sangardak” saylov okrugi deputati S.Qosimov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Nasriddinov boshchiligida tuman Kengashi deputatlari ishtirokida tumanda “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida keng ko‘lamli hashar hamda obodonlashtirish ishlar davom ettirildi.
 
Shuningdek, har bir tuman Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda 2026-yil – "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili" Davlat dasturi doirasida belgilangan vazifalar, mahallada obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlarning mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
 
Muloqot davomida yurtimiz mustaqilligining 35 yilligini "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz" g‘oyasi ostida munosib kutib olish maqsadida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ularda har bir fuqaroning faol ishtiroki va tashabbuskorligi muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta'kidlandi.
 
Obod va farovon mahalla — aholi birdamligi, hamjihatligi va faol fuqarolik pozitsiyasi samarasidir. Bu boradagi targ‘ibot-tashviqot hamda amaliy ishlar izchil davom ettiriladi
Slide 1 of 3