Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Deputat faoliyati

O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan saylangan Jondor tuman Kengashi deputati Ismoil Xolovning aholi vakillari bilan sayyor qabuli tashkil etildi. 

“Tinchlik” MFY binosida o‘tkazilgan qabulda 8 nafar fuqarolardan Nurafshon ko‘chasi aholisining vakili tomonidan ko‘chada 150 metr masofadagi ichki yo‘lni shag‘allashtirish va asfaltlashtirish, Navoiy hamda Ayniy ko‘chalari aholisi vakillari tomonidan xonadonlarga o‘rnatilgan gaz hisoblagichlardan uzoq muddatga foydalanish uchun himoya qutilarini o‘rnatib berilishi, Nurafshon ko‘chasi ko‘p qavatli 10-uyda yashovchi fuqarolar tomonidan uyning tom qismini ta’mirlanishi, hojatxona binosi ta’mirlash, subsidiya asosida uy ajratish, ichimlik suvi tarmog‘iga ulanishga amaliy yordam, Yoshlik ko‘cha chiroqlarini simyog‘ochlarga o‘rnatilishiga amaliy yordam berish to‘g‘risida murojaat qildilar.

Yuqoridagilar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi.

Slide 1 of 4