Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati saylovchilarga axborot berdi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati faoliyati o‘rganildi
янв.21
Samarqand viloyatida festivallar va ommaviy tadbirlar tizimli asosda tashkil etiladi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Qonunlar ijrosi deputatlar nazoratida
янв.21
Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari va mutaxassislari hamda Saylov komissiyasi raisi o'rinbosari S.Nazarov ishtirokida Zoom platformasi orqali navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish tashkil etildi.
янв.21
Deputat o'z saylovchilariga axborot berdi
янв.21
Toyloq tumani Kengashi kotibiyati faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputat hududdagi ijtimoiy obyektlar faoliyatini o‘rgandi
#Deputat_axboroti

#Deputat_axboroti

2026-yilning II-choragi yakunlari bo‘yicha deputatlik faoliyati yuzasidan aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya rais O‘zbekiston Respublikasining “Коррупцияга қарши курашиш тўғрисида" gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, №O‘RQ-419”gi Qonuni, (O‘RQ-931, 2024-yil 5-iyun) ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati tartibida aholi bilan uchrashib har bir masala bo‘yicha o‘rganish olib borildi.

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi 3-Muqumiy saylov okrugi deputati Axmedkulov Djura tomonidan 2026-yilning II choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan “Muqqimiy” mahallasi aholisiga axborot berish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda mahalla yettiligi a'zolari, mahalla faollari, umumta'lim maktablari direktorlari hamda fuqarolar ishtirok etdi.

Tadbir davomida deputat tomonidan saylovchilar murojaatlarini o‘rganish, hamda doimiy kommisiya o'ziga biriktirilgan qonun ijrosini hududdagi ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, aholini qiynab kelayotgan muammolarni hal etish, tegishli tashkilotlarga yuborilgan deputatlik so‘rovlari hamda ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

Shuningdek, deputat tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq saylovchilar bilan muntazam muloqot olib borish, ularning manfaatlarini himoya qilish hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar yuzasidan ham axborot taqdim etildi.

Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 3