Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Samarqand viloyatida festivallar va ommaviy tadbirlar tizimli asosda tashkil etiladi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Qonunlar ijrosi deputatlar nazoratida
янв.21
Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari va mutaxassislari hamda Saylov komissiyasi raisi o'rinbosari S.Nazarov ishtirokida Zoom platformasi orqali navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish tashkil etildi.
янв.21
Deputat o'z saylovchilariga axborot berdi
янв.21
Toyloq tumani Kengashi kotibiyati faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputat hududdagi ijtimoiy obyektlar faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Samarqand viloyatida yana 427 nafar shaxsning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi faoliyati va joylashgan binosi ko‘zdan kechirildi
янв.21
KO‘P QAVATLI UY-JOYLAR QURILISHI VA HUDUDDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI.
Deputatlar faoliyati tahlil qilindi: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash — bosh mezon

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashida doimiy komissiyalar faoliyatini yanada jonlantirish hamda hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar ijrosini nazorat qilish masalalariga bag‘ishlangan ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
​Yig‘ilishda tuman Kengashi raisi D.Ulug‘boyeva Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi oldida turgan dolzarb vazifalarga to‘xtalib o‘tdi. Tumanimizda kambag‘allikni qisqartirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni alohida va qat’iy nazoratga olish lozimligi ta’kidlandi.
​🔍 Hokim yordamchilari faoliyati nazorat-tahlil tartibida o‘rganiladi
​Tuman Kengashining navbatdagi 26-sessiyasida tuman hokimi B.Raxmatullayev tomonidan ilgari surilgan takliflar ijrosini ta’minlash maqsadida alohida topshiriqlar belgilab berildi.
​Asosiy vazifa: Mahallalarda faoliyat ko‘rsatayotgan hokim yordamchilarining ish samaradorligini nazorat-tahlil tartibida o‘rganish;
​Aholi murojaatlari bilan ishlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va har bir mahallaning ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib, haqiqiy o‘sish nuqtalarini aniqlash.
​Doimiy komissiya a’zolari va soha mutaxassislariga joylardagi haqiqiy holatni tizimli o‘rganish va tahliliy ma’lumotlarni shakllantirish bo‘yicha aniq muddatli vazifalar yuklatildi.
Ushbu o'tkazilgan yig'ilishdan ko'zlangan asosiy maqsad, aholi farovonligini ta’minlash!!!

✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 2