Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Samarqand viloyatida festivallar va ommaviy tadbirlar tizimli asosda tashkil etiladi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Qonunlar ijrosi deputatlar nazoratida
янв.21
Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari va mutaxassislari hamda Saylov komissiyasi raisi o'rinbosari S.Nazarov ishtirokida Zoom platformasi orqali navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish tashkil etildi.
янв.21
Deputat o'z saylovchilariga axborot berdi
янв.21
Toyloq tumani Kengashi kotibiyati faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputat hududdagi ijtimoiy obyektlar faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Samarqand viloyatida yana 427 nafar shaxsning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi faoliyati va joylashgan binosi ko‘zdan kechirildi
янв.21
KO‘P QAVATLI UY-JOYLAR QURILISHI VA HUDUDDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI.
Shomansur Sagdullayev 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Shomansur Sagdullayev 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2026-yil 3-iyuldagi VII-24-90-14-0-K/26-son qarori bilan tasdiqlangan reja-grafikka muvofiq, 3-“Shahriobod” saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Shomansur Sagdullayev tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumanining “Sayram” mahallasida saylovchilar bilan ochiq uchrashuv o‘tkazilib, 2026-yilning ikkinchi choragida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot taqdim etildi.

📝Uchrashuvda mahalla faollari, “mahalla yettiligi” vakillari hamda sog‘liqni saqlash, elektr tarmoqlari, ichimlik va oqova suv, obodonlashtirish kabi mas’ul tashkilotlar mutaxassislari ishtirok etdi. Tadbir davomida deputat tomonidan chorak davomida amalga oshirilgan ishlar, sayyor qabullar natijalari, fuqarolar murojaatlari asosida ko‘rilgan choralar hamda hududdagi dolzarb masalalarni hal etish yuzasidan olib borilgan amaliy ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

📝 Ta’kidlanganidek, ikkinchi chorak davomida deputat tomonidan 2 ta sayyor qabul hamda 4 marotaba fuqarolar qabuli tashkil etilib, saylovchilarning murojaat va takliflari atroflicha o‘rganildi. Kelib tushgan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar olib borilib, ularning bir qismi ijobiy hal etildi, qolgan masalalar bo‘yicha esa deputatlik nazorati o‘rnatildi. Zarur hollarda mas’ul idoralarga deputatlik kuzatuv xatlari yuborilib, ijrosi yuzasidan monitoring olib borildi.

🔎 Deputat o‘z axborotida ikkinchi chorak davomida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 3 ta sessiyasida faol ishtirok etgani, shuningdek, doimiy komissiyalar yig‘ilishlari va eshituvlarida qatnashib, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini sifatli tibbiy xizmat bilan ta’minlash, kommunal infratuzilmani yaxshilash, obodonlashtirish, yoshlar bandligini ta’minlash, jinoyatchilik profilaktikasi hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirganini qayd etdi.

🔺 Uchrashuvda deputat tomonidan mahalliy budjet va investitsiya dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar ustidan ham deputatlik nazorati olib borilayotgani alohida ta’kidlandi. Jumladan, “Elobod” mahallasidagi 451-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini ta’mirlash uchun ajratilgan 500 million so‘m mablag‘ning maqsadli sarflanishi muntazam nazorat qilinmoqda. Shuningdek, “Bo‘z” mahallasidagi 418-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini ta’mirlash, “Alpomish” mahallasida bolalar sport maydonchasi barpo etish bo‘yicha loyiha hujjatlarini tayyorlash jarayonlari yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mazkur masalalar doimiy nazoratga olingan.

🤝 Muloqot davomida fuqarolar tomonidan noqonuniy qurilishlar, ichki yo‘llarni ta’mirlash, avtomobillar uchun to‘xtash joylarini tashkil etish, issiqlik ta’minoti, ichimlik va oqova suv tarmoqlari, elektr ta’minoti, obodonlashtirish, sport infratuzilmasini rivojlantirish hamda boshqa kommunal xizmatlar bilan bog‘liq qator masalalar ko‘tarildi. Har bir murojaat joyida muhokama qilinib, mas’ul tashkilotlar ishtirokida ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

✅ Yakunda deputat tomonidan taqdim etilgan axborot yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan ma’lumot uchun qabul qilinib, fuqarolar bilan muntazam ochiq muloqotlarni davom ettirish, ko‘tarilgan muammolarni tegishli idoralar bilan hamkorlikda hal etish hamda ularning ijrosini deputatlik nazoratida olib borish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 7