Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Toyloq tumani Kengashi kotibiyati faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputat hududdagi ijtimoiy obyektlar faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Samarqand viloyatida yana 427 nafar shaxsning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi faoliyati va joylashgan binosi ko‘zdan kechirildi
янв.21
KO‘P QAVATLI UY-JOYLAR QURILISHI VA HUDUDDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
Deputat maktabgacha ta'lim muassasasidagi qurilish ishlari bilan tanishdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAXTACHI TUMANI KENGASHI KOTIBIYATI FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi Kengash nazoratida
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
Samarqandda oliy ta’lim muassasalari nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulaylik darajasi o‘rganildi
#24_ta_masala

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining 23-Zarafshon saylov okrugidan saylangan deputati F. Suyarov tomonidan Tepaqishloq mahallasida mavjud elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida mahallada 730 nafardan ortiq xonadon, ta’lim muassasalari, maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda oilaviy shifokorlik punkti mavjud bo‘lishiga qaramasdan, hudud faqatgina bitta transformator orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanayotgani aniqlandi. Ayniqsa, qish mavsumida elektr uzilishlari ko‘payishi hamda kuchlanish yetarli darajada emasligi aholi tomonidan asosiy muammolardan biri sifatida bildirildi.

Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida hududga qo‘shimcha 100 kVt quvvatga ega transformator o‘rnatish yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar bilan muhokamalar olib borildi hamda Toyloq tuman elektr ta’minoti korxonasiga deputatlik so‘rovi yuborildi.
Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 1