Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Toyloq tumani Kengashi kotibiyati faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputat hududdagi ijtimoiy obyektlar faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Samarqand viloyatida yana 427 nafar shaxsning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi faoliyati va joylashgan binosi ko‘zdan kechirildi
янв.21
KO‘P QAVATLI UY-JOYLAR QURILISHI VA HUDUDDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
Deputat maktabgacha ta'lim muassasasidagi qurilish ishlari bilan tanishdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAXTACHI TUMANI KENGASHI KOTIBIYATI FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi Kengash nazoratida
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
Samarqandda oliy ta’lim muassasalari nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulaylik darajasi o‘rganildi
#dastur_ijrosi #96_qonun


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-sonli qarori ijrosi doirasida Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi deputati O‘ktam Ummatqulovich Tangirov tomonidan saylov okrugidagi 36-son umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari hamda 210 o‘rinli yangi bino qurilishi jarayonlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Jarayon davomida pudratchi tashkilot mas’ullari bilan uchrashuv o‘tkazilib, qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarda yakunlanishi hamda zamonaviy talablarga mos ravishda olib borilishi yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, mazkur loyiha orqali hududdagi o‘quvchilar uchun yanada qulay va zamonaviy ta’lim muhitini yaratish, ta’lim sifatini oshirish hamda yoshlarning munosib sharoitlarda bilim olishini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 2