Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Samarqand viloyatida festivallar va ommaviy tadbirlar tizimli asosda tashkil etiladi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Qonunlar ijrosi deputatlar nazoratida
янв.21
Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari va mutaxassislari hamda Saylov komissiyasi raisi o'rinbosari S.Nazarov ishtirokida Zoom platformasi orqali navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish tashkil etildi.
янв.21
Deputat o'z saylovchilariga axborot berdi
янв.21
Toyloq tumani Kengashi kotibiyati faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputat hududdagi ijtimoiy obyektlar faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Samarqand viloyatida yana 427 nafar shaxsning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi faoliyati va joylashgan binosi ko‘zdan kechirildi
янв.21
KO‘P QAVATLI UY-JOYLAR QURILISHI VA HUDUDDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI.
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ–141-son qaroriga asosan Davlat dasturlari doirasida Muzrabot tumanida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi va sifatini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Dilmurod Sherboyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqov tomonidan “Mehrigiyox” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli DMTT qurilishi davom etmoqda

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini yangidan qurish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Mazkur loyiha uchun jami 5 milliard 520 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Ayni paytda obyektda montaj pardozlash ishlari tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

Bugun tegishli masʼullar tomonidan ishlarning sifati hamda belgilangan me’yor va talablarga muvofiqligi o'rganilib pudratchi tashkilot mas'ullariga kerakli topshiriq va ko'rsatmalar berdi.

Qurilish ishlari pudratchi tashkilot — “YULDUZ-AZIZA-XAFIZAXON” XK tomonidan amalga oshirilmoqda.

Obyekt hududini tartibga keltirish, xususan, atrofini o‘rash ishlari ham bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

O‘rganish yakunida deputat tomonidan mutasaddilarga qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 5