Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Samarqand viloyatida festivallar va ommaviy tadbirlar tizimli asosda tashkil etiladi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Qonunlar ijrosi deputatlar nazoratida
янв.21
Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari va mutaxassislari hamda Saylov komissiyasi raisi o'rinbosari S.Nazarov ishtirokida Zoom platformasi orqali navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish tashkil etildi.
янв.21
Deputat o'z saylovchilariga axborot berdi
янв.21
Toyloq tumani Kengashi kotibiyati faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputat hududdagi ijtimoiy obyektlar faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Samarqand viloyatida yana 427 nafar shaxsning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi faoliyati va joylashgan binosi ko‘zdan kechirildi
янв.21
KO‘P QAVATLI UY-JOYLAR QURILISHI VA HUDUDDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI.
"Katta Qo‘yliq" mahallasida aholini qiynayotgan muammolar deputat ishtirokida joyida o‘rganildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ "Katta Qo‘yliq" mahallasida aholini qiynayotgan muammolar deputat ishtirokida joyida o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva Yashnobod tumanidagi "Katta Qo‘yliq" mahallasida fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan dolzarb masalalarni joyiga chiqib o‘rgandi. O‘rganishda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Yashnobod tuman partiya tashkiloti raisi Dildora Mavlyanova, mahalla raisi, mahalla yettiligi vakillari hamda faol fuqarolar ishtirok etdi.

🤝 Tashrif davomida mahalla yettiligi faoliyati, hudud infratuzilmasi, kommunal xizmatlar sifati, obodonlashtirish ishlari hamda aholini qiynayotgan muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Xususan, mahallada yoshlar bandligini ta’minlash, bolalar va yoshlar uchun sport maydonchalari yaratish, hududni ko‘kalamzorlashtirish hamda aholi uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📝 O‘rganish davomida mahalla hududida tartibga solinmagan kunlik ishchilar faoliyati fuqarolar tomonidan eng ko‘p ko‘tarilgan masalalardan biri ekani qayd etildi. Mazkur holat yo‘l harakati xavfsizligi, sanitariya va jamoat tartibiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlanib, muammoni qonuniy va tizimli asosda hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish zarurligi bildirildi.

🔎 Shuningdek, "Katta Qo‘yliq" mahallasidagi 2-uy oldida joylashgan asfalt yo‘lning qoniqarsiz holati ham joyida ko‘zdan kechirildi. Aholining ta’kidlashicha, mazkur yo‘lni ta’mirlash bo‘yicha qariyb o‘n yildan buyon murojaatlar berib kelinayotganiga qaramay, muammo hanuz o‘z yechimini topmagan. Yo‘lning nosozligi transport vositalari va piyodalar harakatiga jiddiy noqulaylik tug‘dirayotgani qayd etilib, ushbu masala deputatlik nazoratiga olindi.

🏗 Bundan tashqari, mahalladagi bolalar maydonchalari holati ham o‘rganildi. Ayrim o‘yin maydonchalarining eskirgani, jihozlarning ta’mirtalab ekani hamda bolalarning mazmunli hordiq chiqarishi uchun zamonaviy sport va o‘yin infratuzilmasini yaratish zarurligi yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqilishi belgilandi.

🔺 Deputat Sevara Fayziyeva fuqarolar tomonidan bildirilgan barcha murojaat va takliflarni alohida nazoratga olib, ichki yo‘llarni ta’mirlash, bolalar maydonchalarini rekonstruksiya qilish, ekologik holatni yaxshilash, hududni obodonlashtirish hamda aholi uchun qulay infratuzilmani yaratish bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich amaliy ishlar olib borilishini ta’kidladi.

✅ Yakunda aholi murojaatlarini joyida o‘rganish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, mahalla infratuzilmasini rivojlantirish, bolalar va yoshlar uchun munosib sharoitlar yaratish hamda fuqarolarning hayot sifatini yaxshilash deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani qayd etildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10