Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Samarqand viloyatida festivallar va ommaviy tadbirlar tizimli asosda tashkil etiladi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Qonunlar ijrosi deputatlar nazoratida
янв.21
Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari va mutaxassislari hamda Saylov komissiyasi raisi o'rinbosari S.Nazarov ishtirokida Zoom platformasi orqali navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish tashkil etildi.
янв.21
Deputat o'z saylovchilariga axborot berdi
янв.21
Toyloq tumani Kengashi kotibiyati faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputat hududdagi ijtimoiy obyektlar faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Samarqand viloyatida yana 427 nafar shaxsning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi faoliyati va joylashgan binosi ko‘zdan kechirildi
янв.21
KO‘P QAVATLI UY-JOYLAR QURILISHI VA HUDUDDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI.
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha

1. Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi.
2. Aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati.
3. Mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablari, kolledj va akademik liseylarning sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati.
4. Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari.
5. Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash.
6. Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi.
7. Mahalladagi soliq inspektori tomonidan unga yuklatilgan masalalarni amalga oshirilishi holati.
8. Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarni tunda yoritilishi, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar, yo‘l transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan joylarda YTHlarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar.
9. Bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati.
10. Bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi.
11. Kuz-qish mavsumida isitish tizimi .
12. Liftlarni ishlashi .
13. Boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari (pod’yezdlari), yerto‘lalari, atrofidagi maydon tozaligi va yoritilishi holati.
14. Uylarda issiq va sovuq suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi, gaz bilan bog‘liq masalalar.
15. Parklar, hiyobonlar, bog‘larning holati.
16. Jamoat transportining muntazam harakatlanishi, avtobus bekatlarining holati, chiptalarni olishning qulayligi.
17. Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati.
18. Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati.
19. Hududdagi madaniyat muassasalari va muzeylar, kutubxonalar holati.
20. Davlat xizmatlari, FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati.
21. Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar.
22. Hududdagi investisiyalar bo‘yicha holat.
23. Aholi bandligi masalalari.
24. Navbatdagi sessiyaga kiritiladigan masalalarni qoida tariqasida joyiga chiqib o‘rganish.

Izoh: Ushbu masalalarga partiyaviylik va doimiy komissiyaga a’zolik nuqtai nazaridan ustuvorlik berilishi mumkin.

Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 1