Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Toyloq tumani Kengashi kotibiyati faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Samarqand viloyatida yana 427 nafar shaxsning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi faoliyati va joylashgan binosi ko‘zdan kechirildi
янв.21
KO‘P QAVATLI UY-JOYLAR QURILISHI VA HUDUDDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
Deputat maktabgacha ta'lim muassasasidagi qurilish ishlari bilan tanishdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAXTACHI TUMANI KENGASHI KOTIBIYATI FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi Kengash nazoratida
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
Samarqandda oliy ta’lim muassasalari nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulaylik darajasi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Smarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida 30-iyun kuni navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

"Deputat bilan bir kun" loyihasi doirasida Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Xusnara Berdiyarova tuman hokimining o‘rinbosarlari B. Usmanov, K. Abdaliyev hamda B. Abdumalikov bilan uchrashib, tumanda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, hududlarni rivojlantirish hamda joriy yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan suhbatlashdi.

Shundan so‘ng kotibiyat mudiri tuman hokimining investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B. Abdumalikov bilan alohida uchrashuv o‘tkazib, investitsiyalarni jalb etish, eksport salohiyatini oshirish hamda hududiy investitsiya loyihalarining amalga oshirilish holati yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Ma'lum qilinishicha, 2026-yilda 120 mln AQSH dollari miqdoridagi xorijiy investitsiya va kreditlarni o‘zlashtirish rejalashtirilgan. Yanvar–iyun oylari uchun belgilangan 42,5 mln dollarlik prognozga nisbatan 59,5 mln dollar xorijiy investitsiya o‘zlashtirilib, reja 140 foizga bajarilgan.

Eksport yo‘nalishida ham ijobiy natijalar qayd etildi. Joriy yil uchun 68,3 mln dollarlik eksport amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, yanvar–iyun oylarida belgilangan prognozning to‘liq bajarilishini ta'minlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotgani ta'kidlandi. Xususan, oy yakuniga qadar ip-kalava, kiyim-kechak, un mahsulotlari hamda meva-sabzavot eksporti hisobiga reja to‘liq bajarilishi kutilmoqda.

Uchrashuv davomida Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirilgan xizmat safari natijalari ham muhokama qilindi. Qayd etilishicha, Xitoylik investorlar bilan 130 mln dollarlik 7 ta istiqbolli loyiha bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan. Shuningdek, may–iyun oylarida 5 ta xorijiy korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lib, yil yakuniga qadar 80 mln dollarlik yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Hududiy investitsiya loyihalari bo‘yicha esa joriy yilda 678,3 mlrd so‘mlik 39 ta loyihani amalga oshirish hamda 2 233 ta yangi ish o‘rni yaratish belgilangan. Bugungi kunga qadar qiymati 14,8 mlrd so‘mlik 14 ta investitsiya loyihasi ishga tushirilib, 62 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

Uchrashuv yakunida investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirish, eksport ko‘rsatkichlarini yanada oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 5