Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi faoliyati va joylashgan binosi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Deputat maktabgacha ta'lim muassasasidagi qurilish ishlari bilan tanishdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAXTACHI TUMANI KENGASHI KOTIBIYATI FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi Kengash nazoratida
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
Samarqandda oliy ta’lim muassasalari nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulaylik darajasi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Smarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida 30-iyun kuni navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
⚡️ DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
Haftalik ish rejalari belgilandi
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi.
#Mahalla_yettiligi—Kengash—Senat” uch boʻgʻinli hamkorlik.

Hududlarni rivojlantirish borasida belgilangan vazifalar ijrosi hamda “Mahalla yettiligi” – Kengash – Senat” uch bo‘g‘inli hamkorlik tizimi samaradorligini yanada oshirish, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va “mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorligini mustahkamlash maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V sonli Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Chinoz tumanida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O'zLiDep partiyasidan 15-Istiqlol saylov okrugidan saylangan deputat O.Dadajonov nomidan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Ortiqboyev 2026-yil 29-iyun kuni “Nafis” mahallasida bo'lib, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori va ijtimoiy xodimlarning belgilangan vazifalarni oʻzaro hamkorlikda bajarishini yoʻlga qoʻyish bo'yicha ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, "Nafis" MFY mahalla ettiligi a'zolari hamkorligida;

- Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida kredit va subsidiyalar ajratilishida koʻmaklashish, bu borada tijorat banklari bilan hamkorlikda ishlash;
- “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga belgilangan mezonlar asosida moddiy yordam, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va oʻzini oʻzi band qilish uchun subsidiyalarni toʻgʻri ajratish (asbob-uskunalar, mehnat qurollari, urugʻlik va koʻchatlarni xarid qilish va boshqa);
- Xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, bilim va koʻnikmalarni egallashda ularga koʻmaklashish va ragʻbatlantirish boʻyicha;
- mahalla hududida kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash, huquqbuzarliklarni aniqlash va ularga barham berish boʻyicha qonunchilikda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- aholiga davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmat va yordamlar toʻgʻrisida, shuningdek, aholining mazkur xizmatlardan foydalanishga boʻlgan huquqlari boʻyicha tushuntirish berish yo'nalishlarida jadal ishlar amalga oshirilmoqda.


Shuningdek, tumandagi deputatlar tomonidan mahallalarda aholi bilan uchrashganda davlatimiz tomonidan insonlar va xalqimiz manfaati va farovonligi yo‘lida qabul qilinayotgan Qonun hujjatlari, Prezident Farmon va Qarorlari, Oliy Majlis Senati Qarorlari va hujjatlarining mazmun-mohiyati va maqsad, vazifalari atroflicha tushuntirib kelinmoqda.

Slide 1 of 3