Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚡️ DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
Haftalik ish rejalari belgilandi
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
Senator Yalpi majlisda ko'rib chiqilgan masalalar yuzasidan deputatlarga targ'ibot o'tkazdi.
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish Samarqand viloyat hududiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi Bulung'ur tumanida bo'lib o'tdi
янв.21
27 IYUN — MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tizimli nazorat va monitoring zarur
янв.21
Sessiyadan
янв.21
Viloyat Kengashida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i v.v.b R.Kurbanov
#deputat_sorovi #128_ds_369_26 📌 Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi masalasi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Shaxlo Normamatovna Mardanova tomonidan Ishtixon tumani Sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘iga deputat so‘rovi yuborildi.

Mazkur deputat so‘rovida O‘zbekiston Respublikasining “Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi doirasida hududiy dasturlarni ishlab chiqish va ularni Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tasdig‘iga kiritish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Shuningdek, aholi o‘rtasida yod yetishmasligi bilan bog‘liq kasalliklarning oldini olish, sog‘lom ovqatlanish madaniyatini shakllantirish hamda profilaktik tadbirlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan yo‘l xaritasi, chora-tadbirlar rejasi va rejalashtirilayotgan ishlar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish talabi ilgari surilgan.

Deputat so‘rovi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi hamda natijalari yuzasidan belgilangan muddatlarda javob taqdim etilishi nazoratga olingan.

✅ Fuqarolar salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish masalalari deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 1