Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚡️ DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
Haftalik ish rejalari belgilandi
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
Senator Yalpi majlisda ko'rib chiqilgan masalalar yuzasidan deputatlarga targ'ibot o'tkazdi.
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish Samarqand viloyat hududiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi Bulung'ur tumanida bo'lib o'tdi
янв.21
27 IYUN — MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tizimli nazorat va monitoring zarur
янв.21
Sessiyadan
янв.21
Viloyat Kengashida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i v.v.b R.Kurbanov
5-maktabda yozgi ta’til davridagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi yuzasidan shahar Kengashi kotibiyati mudiri M.Aminova tomonidan Qo‘qon shahar 5-umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida o‘quvchilarning yozgi ta’til vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni turli to‘garaklar, sport mashg‘ulotlari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga keng jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Maktabda tashkil etilgan mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning faol ishtiroki, ularning qiziqishlari va bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazish uchun yaratilgan imkoniyatlar alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

Shuningdek, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan tadbirlarning borishi yuzasidan ma’lumotlar olindi.

Muloqot davomida ta’til davrida o‘quvchilar qamrovini yanada kengaytirish, yangi yo‘nalishdagi to‘garaklarni tashkil etish va yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengash

Slide 1 of 5