Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Samarqand viloyatida festivallar va ommaviy tadbirlar tizimli asosda tashkil etiladi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Qonunlar ijrosi deputatlar nazoratida
янв.21
Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari va mutaxassislari hamda Saylov komissiyasi raisi o'rinbosari S.Nazarov ishtirokida Zoom platformasi orqali navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish tashkil etildi.
янв.21
Deputat o'z saylovchilariga axborot berdi
янв.21
Toyloq tumani Kengashi kotibiyati faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputat hududdagi ijtimoiy obyektlar faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Samarqand viloyatida yana 427 nafar shaxsning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi faoliyati va joylashgan binosi ko‘zdan kechirildi
янв.21
KO‘P QAVATLI UY-JOYLAR QURILISHI VA HUDUDDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI.
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dilafruz Qurbonova tashabbusi bilan!

Andijon pedagogika texnikumida “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida “Qizlar akademiyasi”ning navbatdagi davra suhbati tashkil etildi.

Hamkorlik loyihasi asosida o‘tkazilgan ochiq muloqotda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Nilufar Matkarimova hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi viloyat Kengashi rahbari Xurshidbek Yusupov ishtirok etdilar.

Tadbir davomida dasturga kiritilgan:
“Mutolaa marafoni”
“Top Coach”
“Ibrat Debate”
“Speaking Club”
“Ustoz AI” kabi loyihalarni keng ommalashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yangi tashabbus va loyihalar qo‘llab-quvvatlanib, “Qizlar akademiyasi”ning “Zakovat” intellektual o‘yinlarida faol ishtirok etgan hamda tashabbuskor qizlari munosib rag‘batlantirildi.

Yosh avlodning bilim olishi, fikrlash salohiyati va ijtimoiy faolligini oshirish davom etadi.

Slide 1 of 4