Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚡️ DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
Haftalik ish rejalari belgilandi
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
Senator Yalpi majlisda ko'rib chiqilgan masalalar yuzasidan deputatlarga targ'ibot o'tkazdi.
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish Samarqand viloyat hududiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi Bulung'ur tumanida bo'lib o'tdi
янв.21
27 IYUN — MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tizimli nazorat va monitoring zarur
янв.21
Sessiyadan
янв.21
Viloyat Kengashida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i v.v.b R.Kurbanov
Aholi muammolarini o‘rganish bo‘yicha amaliy ishlar

2026-yil 17-iyun kuni Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A. Appaqov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Yusupov va Uy-joy bo‘limi mas’uli M. Jo‘raboyevlar “Hunarmand” MFY hududida joylashgan 9-oilaviy yotoqxonada o‘rganish ishlari olib bordilar.

O‘rganish jarayonida yotoqxona binosining ichki holati, umumiy foydalanish joylari hamda tashqi fasad qismi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, aholi bilan muloqot qilinib, ularning muammo va takliflari tinglandi.

Aholi tomonidan asosan ichki ta’mirlash ishlarini amalga oshirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash hamda tashqi fasadni yangilash, alohida tashqariga ayollar va erkaklar uchun xojatxona qurish masalalari ko‘tarildi.

Aniqlangan muammolarni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Xalq manfaatlari yo‘lida amaliy ishlar davom etadi.

Slide 1 of 3