Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚡️ DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
Haftalik ish rejalari belgilandi
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
Senator Yalpi majlisda ko'rib chiqilgan masalalar yuzasidan deputatlarga targ'ibot o'tkazdi.
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish Samarqand viloyat hududiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi Bulung'ur tumanida bo'lib o'tdi
янв.21
27 IYUN — MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tizimli nazorat va monitoring zarur
янв.21
Sessiyadan
янв.21
Viloyat Kengashida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i v.v.b R.Kurbanov
DEPUTAT TOMONIDAN QAROR IJROSI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanaev tomonidan Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining 2026-yil 6-apreldagi “Nurobod tumanida ijtimoiy reyestrdagi I guruh nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatli a’zosi bo‘lmagan oilalar xonadonlarini ta’mirlash orqali energiya samaradorligini oshirish ijtimoiy loyihasini moliyalashtirish ro‘yxatini ma’qullash to‘g‘risida”gi VII-19-22-7-99-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

➡️Mazkur qarorga asosan, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mahalla yettiligi xulosalariga muvofiq tumandagi ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turuvchi, I guruh nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatli a’zosi mavjud bo‘lmagan 31 ta oilaning yashash sharoitlarini yaxshilash hamda energiya samaradorligini oshirish maqsadida 1 milliard 916 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

➡️Loyiha doirasida mazkur xonadonlarning devor va tom qismlarini izolyatsiya qilish, energiya tejamkor eshik va derazalar o‘rnatish, shuningdek, quyosh panellari yoki geliokollektorlar bilan ta’minlash uchun zarur qurilish materiallari va jihozlari xarid qilinishi belgilangan.

➡️Deputat B. Sanaev o‘rganishlar davomida tumanning Jarquduq mahallasi, Changali qishlog‘ida istiqomat qiluvchi
I guruh nogironi Tuqsonov Toshniyoz xonadonida bo‘lib,
u yerda amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish jarayonida bajarilayotgan ishlarning sifati, qurilish materiallarining maqsadli sarflanishi hamda loyihaning ijro holati yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

➡️Mazkur ijtimoiy loyiha nogironligi bo‘lgan fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash, energiya tejamkorligini ta’minlash hamda ularning turmush farovonligini oshirishga xizmat qilishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 5