Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚡️ DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
Haftalik ish rejalari belgilandi
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
Senator Yalpi majlisda ko'rib chiqilgan masalalar yuzasidan deputatlarga targ'ibot o'tkazdi.
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish Samarqand viloyat hududiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi Bulung'ur tumanida bo'lib o'tdi
янв.21
27 IYUN — MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tizimli nazorat va monitoring zarur
янв.21
Sessiyadan
янв.21
Viloyat Kengashida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i v.v.b R.Kurbanov
"Yoshlar daftari" orqali yoshlarning intellektual va tadbirkorlik salohiyati qo‘llab-quvvatlanmoqda!

Mahallada yoshlarni har tomonlama rivojlantirish, ularning intilishlarini qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash borasidagi tizimli ishlar hayotiy misollarda o‘z aksini topgan.

💬"Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlar bilan tizimli ravishda ijtimoiy shartnomalar tuzilib, ularning intellektual salohiyatini oshirish, mutolaa madaniyatini shakllantirish va chet tillarini o‘rganishga ko‘maklashilmoqda.

🟢Muvaffaqiyatli misol: Mahalla yoshi Dilafruz Davronova bilan tuzilgan ijtimoiy shartnoma asosida har oy muntazam ravishda kitob mutolaa qilish va xorijiy tilni o‘rganish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi namunali tarzda ta’minlanmoqda.

💬Yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ularni o‘z biznesiga ega qilish orqali bandligini ta’minlash borasida imtiyozli kreditlar ajratish tizimi samarali ishlamoqda.

🟢Muvaffaqiyatli misol: Mahallalik faol yosh Durdona Nurmamatovaga ajratilgan imtiyozli kredit hisobidan yangi tadbirkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yildi. E’tiborlisi, Durdona o‘z biznesini kengaytirib, mahalladagi boshqa ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni ish bilan ta’minlashga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

💬"Yoshlarimizning bunday g‘ayrati, ilmga intilishi va tadbirkorlik tashabbuslari har qanday tahsinga loyiq. 'Yoshlar daftari' tizimi faqatgina ro‘yxat shakllantirish emas, balki mana shunday yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi, o‘zining va o‘zgalarning bandligini ta’minlashiga xizmat qiladigan amaliy kuchdir," — deya ta'kidladi Kengash raisi D.Normuradova.

🫥"Shifokor" mahallasida yoshlar bandligini ta’minlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi deputatlik va mahalla hamkorligi izchil davom ettiriladi!

Slide 1 of 2