Andijon shahar “Ma’rifat” MFY aholisi murojaatiga asosan “Andijon suv ta’minoti” AJ Andijon shahar filialiga deputat so‘rovi yuborildi.
O‘rganish davomida mahallada ichimlik suvi to‘xtab qolayotganligi aniqlanib, bunga ayrim hollarda ichimlik suvidan ekin sug‘orishda foydalanilayotgani sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.
Ichimlik suvidan sug‘orish maqsadida foydalanish qonunchilikka zid hisoblanadi.
Mutasaddilardan:
• holatni joyida o‘rganish,
• qoidabuzarlarga ogohlantirish berish,
• muammoni bartaraf etish choralarini ko‘rish so‘raldi.
Natijasi bo‘yicha 10 kun muddatda xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyatiga axborot taqdim etiladi.