Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Mamanova Paxtakor tumani Chamanzor mahallasida bo‘lib, mahalla raisining xizmat faoliyati hamda hududda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda fuqarolar yig‘inida yuritilayotgan hujjatlar holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mahalla raisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, davlat dasturlari va topshiriqlari ijrosi, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda mahalladagi mavjud muammolarni bartaraf etish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar muhokama qilindi.