2026-yil 7-may kuni xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada ko‘rib chiqilgan asosiy masalalar:
Andijon shahrida kriminogen vaziyatni yaxshilash va jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;
Huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash yuzasidan 2026-yil 1-chorak hisobotlari;
Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi daromad va xarajatlari ijrosi;
Prezident Xalq qabulxonasining murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirgan ishlari;
“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish hamda boshqa dolzarb masalalar.
Sessiya ochiq va konstruktiv ruhda o‘tkazilib, har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Kengash faoliyati ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida davom ettirilmoqda.