Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi o'ttiz birinchi sessiyasi 16-iyun kuni Kengashlar uyi binosida o‘tkazildi.
янв.21
Sessiya kun tartibiga kiritilgan masala deputat okrugida o'rganildi.
янв.21
Sessiya oldidan Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi.
янв.21
Oliy Majlis Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisining o'z nihoyasiga yetdi.
янв.21
Fuqarolik jamiyati institutlari va davlat organlari o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi faoliyati va joylashgan binosi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Qonun ijrosi deputatlar nazoratida
янв.21
Pastdarg'om tumanida Kengash qarorlari ijrosi o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyati tumanlarini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi faoliyati va joylashgan binosi ko‘zdan kechirildi
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov tomonidan 26-“Chorguzar” saylov okrugi hududidagi “Xursandlik” MFYda yoshlar bilan ochiq va samarali uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlarning bandlik, ta’lim, tadbirkorlik va ijtimoiy masalalarga oid murojaatlari atroflicha tinglanib, har bir taklif va muammo individual yondashuv asosida ko‘rib chiqildi. Yoshlar tomonidan bildirilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ularning imkoniyatlarini kengaytirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

Eng muhimi, murojaatlar yuzasidan aniq va amaliy choralar belgilab olinib, tegishli “yettilik” a’zolariga masalalarni joyida hal etish, ijrosini qat’iy nazoratga olish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Mazkur uchrashuv yoshlar bilan muloqotning samarali tizimi shakllanayotganini, ularning muammolari e’tiborsiz qolmasdan, har bir murojaat ortida aniq yechim va natija turishini yana bir bor namoyon etdi.

Slide 1 of 3