Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputatlari o‘zLiDeP a’zosi N.Uralova, M.Xoliqova, kotibiyat bosh mutaxassisi U.Abdunazarov bilan birgalikda shahardagi 2-Oilaviy poliklinikada aholiga bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash ahvoli o‘rganildi. Mazkur 2-Oilaviy poliklinikada 36588 nafar aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilib, kunduzgi statsionar o‘rinlar ham tashkil etilgan. Kunduzgi statsionar o‘rinlarda davolanayotgan bemorlar uchun
46 xil nomdagi dori-darmonlar bilan ta’minlangan. Shifokorlar bilan suhbatlashilganda mahalladagi ro‘yxat bilan poliklinikadagi aholi ro‘yxatlari solishtirilganda farqlar kelib chiqayotganligi, bu aholini to‘liq qamrab olish va statistik ma’lumotlarni yuritishda noqulayliklar keltirib chiqarayotganligini ma’lum qildilar. Shifokorlar
yetishmovchiligi oqibatida mahallalarda tashkil etilayotgan tibbiy ko‘riklarda muammolarga duch kelinmoqda. Buning yechimi sifatida yosh va bilimli shifokorlar bilan ta’minlash eng muhim vazifa ekanligi ta’kidlandi. Ushbu masala doimiy komissiyada atroflicha muhokama etilishi belgilab olindi.