Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Toyloq tumani Kengashi kotibiyati faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputat hududdagi ijtimoiy obyektlar faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Samarqand viloyatida yana 427 nafar shaxsning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi faoliyati va joylashgan binosi ko‘zdan kechirildi
янв.21
KO‘P QAVATLI UY-JOYLAR QURILISHI VA HUDUDDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
Deputat maktabgacha ta'lim muassasasidagi qurilish ishlari bilan tanishdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAXTACHI TUMANI KENGASHI KOTIBIYATI FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi Kengash nazoratida
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
Samarqandda oliy ta’lim muassasalari nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulaylik darajasi o‘rganildi
⚡️DEPUTAT SO‘ROVI: ELEKTR TA’MINOTIDAGI UZILISHLAR NAZORATGA OLINDI

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati I.Masharipov tomonidan Shovot tumani elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘iga 79-ds-448-26-sonli rasmiy deputat so‘rovi yuborildi.
⚠️So‘nggi kunlarda tumanning ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida, ayniqsa ertalab va kechki yuklama yuqori bo‘lgan vaqtlarda uzilishlar kuzatilmoqda. Bu holat aholining kundalik turmush tarziga hamda tadbirkorlik faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda.
🛑 So‘rovda nimalar talab qilingan?
Ertalab va kechki paytlardagi uzilishlarning aniq va asoslantirilgan sabablari;
Vaqtinchalik cheklovlar bo‘yicha tasdiqlangan grafiklar mavjudligi;
Elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash yuzasidan ko‘rilayotgan amaliy choralar haqida qonunchilikda belgilangan muddatda aniq yozma ma’lumot taqdim etish.
Aholi manfaatlari va iste'molchilar huquqlari — doimiy nazoratda! 👍