Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2026-yil aprel oyida amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Viloyat Kengashi deputati o'z saylov okrugida
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2026-yil mart oyi amalga oshirilgan ishlar reja ijrosi
янв.21
Axborot maydonida mahalliy Kengashlar faoliyatini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
#etirof #Viloyat_Kengashi_qarori ✅Samarqand viloyatida yana 2215 nafar shaxsning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e'tirof etildi.
янв.21
#24ta_masala Saylovchilar murojaati: Dahbet va Bozorjoydagi kanalizatsiya muammosi o‘rganildi
янв.21
#Deputat_sorovi Elektr ta’minotidagi muammolar yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
#Deputat_sorovi Yo‘l muammolari yuzasidan Samarqand shahar hokimligiga deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
#Deputat_sorovi Elektr ta’minotidagi muammolar yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga deputat so‘rovi yuborildi
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari B.Rahmonov va F.G‘aybullayevlar tomonidan shahardagi Mo‘liyon Poyon, Mo‘liyon va Maroqand mahallalarida aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi.

Jumladan, Mo‘liyon Poyon MFY aholisi hozirgi vaqtda mahallada 540 ta xonadon mavjudligi, 2023-yilda ularning 250 ga yaqini gazlashtirilganini, qolgan xonadonlar esa hanuzgacha gaz bilan ta’minlanmaganini ma’lum qildilar. Ushbu holat aholining noroziligiga sabab bo‘layotgani ta’kidlandi.

 Mazkur muammo yuzasidan fuqarolar bir necha bor shahar va viloyat hokimi sayyor qabullarida murojaat qilgan bo‘lsalar-da, masala hanuzgacha o‘z yechimini topmaganini bildirdilar.

Shuningdek, aholi hozirda suyultirilgan gaz ballonlari orqali ta’minlanayotganini, ilgari 35–40 kun oralig‘ida yetkazib berilgan gaz hozirda 70–75 kungacha cho‘zilayotgani sababli qiyinchiliklar yuzaga kelayotganini qayd etdilar.

 Bundan tashqari, Mo‘liyon Poyon MFYning Shahar ko‘chasida joylashgan 2 km yo‘lning juda yomon holatga kelib qolgani, ushbu yo‘ldan bir nechta mahalla aholisi hamda qabristonga boruvchilar foydalanishi bois, ayniqsa yog‘ingarchilik mavsumida harakatlanish qiyinlashayotgani bildirildi.

 Shu kabi muammolar Maroqand MFY hududida ham kuzatilib, 47-umumta’lim maktabi va 112-sonli DMTT jamoasi tomonidan yo‘llarning yaroqsiz holatga kelgani yuzasidan murojaatlar bildirildi.

 Xususan, Ganjkorlar ko‘chasining 1 km qismi og‘ir ahvolda ekani, ushbu yo‘ldan 5 ta qo‘shni mahalladan mingga yaqin o‘quvchi-yoshlar va bog‘cha tarbiyalanuvchilari foydalanayotgani, yog‘ingarchilikda esa yo‘lda sun’iy ko‘llar hosil bo‘layotgani ta’kidlandi.

 Shuningdek, Maroqand MFY aholisi 2023-yilda Do‘stlik ko‘chasiga o‘rnatilgan 20 ta beton ustunlarga hanuz elektr tarmoqlari ulanmagani, qo‘shimcha ravishda yana 10 ta ustun zarurligini bildirdilar. Maroqand ko‘chasiga ham qo‘shimcha 10 ta ustun kerakligi aytib o‘tildi.

 Aniqlangan muammolar yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ular deputatlik so‘rovlari orqali nazoratga olindi.

Slide 1 of 1