Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2026-yil aprel oyida amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Viloyat Kengashi deputati o'z saylov okrugida
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2026-yil mart oyi amalga oshirilgan ishlar reja ijrosi
янв.21
Axborot maydonida mahalliy Kengashlar faoliyatini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
#etirof #Viloyat_Kengashi_qarori ✅Samarqand viloyatida yana 2215 nafar shaxsning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e'tirof etildi.
янв.21
#24ta_masala Saylovchilar murojaati: Dahbet va Bozorjoydagi kanalizatsiya muammosi o‘rganildi
янв.21
#Deputat_sorovi Elektr ta’minotidagi muammolar yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
#Deputat_sorovi Yo‘l muammolari yuzasidan Samarqand shahar hokimligiga deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
#Deputat_sorovi Yo‘l harakati xavfsizligi masalasi yuzasidan viloyat Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasiga deputat so‘rovi yuborildi
HUDUDLARDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

📌 HUDUDLARDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

 Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashi raisi Abdullayev Baxtiyor Olimovich

📍22-Qo‘shloq saylov okrugi deputati

🔎 Hududda olib borilgan o‘rganishlar doirasida mahalla yettiligi bilan fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlar holati tahlil qilindi.

✅ O‘rganish jarayonida aholi bilan muloqot olib borilib, ularning fikr-mulohazalari, murojaatlari hamda mavjud muammolar o‘rganildi. Mahalla tizimida fuqarolar bilan ishlash samaradorligi, hamkorlik darajasi va muammolarni hal etish mexanizmlariga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Jumladan, fuqaro J.O‘ktamov haydovchilik guvohnomasi (prava) olish uchun o‘qishga qatnashish maqsadida moddiy yordam ajratish yuzasidan murojaat bildirildi. Mazkur masala bo‘yicha hududdagi yoshlar yetakchisiga aniq topshiriqlar berildi.

📊Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha choralar belgilandi.

✅ Bu kabi o‘rganishlar aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda hududlarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4