Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputatlar o‘rganishi: “Bir kontur — bir mahsulot” tamoyili amalda
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyat mudiri tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashi faoliyati va joylashgan binosi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi o'ttiz ikkinchi sessiyasi 26-iyun kuni o‘tkazilad
янв.21
Deputat hududdagi muammolarni o‘rganib, amaliy yechimlar izlamoqda
янв.21
O‘rganish natijalari muhokamasi o'tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Pastdarg‘om tumanidagi mahallalar chegaralari belgilandi
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi
Mirobod tumanida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

2026-yilning 11-mart kuni Mirobod tumani hokimining birinchi o‘rinbosari A.Salaydinov, tuman prokurori B.Abdullayev va tuman IIOFMB boshlig‘i U. Nasritdinov ishtirokida “A.Avloniy” mahallasida aholi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida 10 nafar fuqarolarning moddiy yordam, aliment, subsidiya asosida uy-joy olish, salomatligini tiklash, mahallani obodonlashtirish, sud-huquq tizimi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi. 

Har bir murojaat tegishli mutasaddilar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilib, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. 

Ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa nazoratga olindi.

Qabulda xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashiga 3-Avloniy saylov okrugidan saylangan deputat A.A.Karimov ishtirok etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

Telegram tarmog‘ida: https://t.me/MirobodKengash 
Facebook tarmog‘ida: https://www.facebook.com/share/p/1CMZpdqxre/ 
Slide 1 of 11