Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚡️ DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
Haftalik ish rejalari belgilandi
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
Senator Yalpi majlisda ko'rib chiqilgan masalalar yuzasidan deputatlarga targ'ibot o'tkazdi.
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish Samarqand viloyat hududiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi Bulung'ur tumanida bo'lib o'tdi
янв.21
27 IYUN — MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tizimli nazorat va monitoring zarur
янв.21
Sessiyadan
янв.21
Viloyat Kengashida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i v.v.b R.Kurbanov
Tuman deputati tomonidan “Gender tenglik faoli” milliy tanlovi ishtirokchilari faoliyati o‘rganildi

“Gender tenglik faoli” milliy ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Respublika komissiyasi tomonidan tanlov ishtirokchisi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi. Mazkur o‘rganishlar tanlovning respublika bosqichiga taqdim etilgan materiallarning haqqoniyligi va amaliy natijadorligini baholash, shuningdek, tashkilotlarda gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan tizimli ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida amalga oshirildi.

Komissiya a’zolari tanlov asosida qator tashkilotlarga, shu jumladan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga tashrif buyurib, gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan siyosatni shakllantirish, shuningdek, xotin-qizlar va erkaklar uchun davlat hamda jamiyat hayotining turli sohalarida teng huquq hamda imkoniyatlar ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar holati o‘rganildi.

O‘rganish tadbiri davomida ushbu tashkilotda faoliyat yuritayotgan xodimlar bilan individual suhbatlar o‘tkazilib, ularning malakasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, ularga ijtimoiy va tibbiy ko‘mak ko‘rsatish uchun tashkil etilgan maxsus xonalar holati hamda chet davlatlarda amaliyot o‘tash va xorijiy tajribalarni o‘rganish bo‘yicha tashabbuslar batafsil ko‘rib chiqildi.

Komissiya a’zolari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari tanlovning yakuniy baholash bosqichida inobatga olinib, gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha samarali tajribalarni ommalashtirish hamda ilg‘or amaliyotlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

O‘rganish tadbiri davomida komissiya a’zolariga Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati G.Sh.Rixsieva hamrohlik qildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Telegram tarmog‘ida: https://t.me/MirobodKengash 
Facebook tarmog‘ida: https://www.facebook.com/share/p/1CMZpdqxre/ 
Slide 1 of 9