Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Toyloq tumani Kengashi kotibiyati faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputat hududdagi ijtimoiy obyektlar faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Samarqand viloyatida yana 427 nafar shaxsning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi faoliyati va joylashgan binosi ko‘zdan kechirildi
янв.21
KO‘P QAVATLI UY-JOYLAR QURILISHI VA HUDUDDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
Deputat maktabgacha ta'lim muassasasidagi qurilish ishlari bilan tanishdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAXTACHI TUMANI KENGASHI KOTIBIYATI FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi Kengash nazoratida
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
Samarqandda oliy ta’lim muassasalari nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulaylik darajasi o‘rganildi
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining yigirma toʻqqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

🔷Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

🔵Bo‘stonliq tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxatni tasdiqlash to‘g‘risida;

🔵Bo‘stonliq tumanida 2026-yil birinchi mavsum “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida eng ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘lgan takliflarga “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”dan mablag‘lar ajratish to‘g‘risida;

🔵Bo‘stonliq tumanidagi ehtiyojmand oilalar xonadonlarini energiya tejamkor qilib ta’mirlash uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ro‘yxatini tasdiqlash hamda tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida;

🔵O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-son qaroriga asosan Bo‘stonliq tumanida amalga oshirilishi belgilangan vazifalar to‘g‘risida;

🔵O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 12-martdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qo‘shimcha manbalarini aniqlash hamda ulardan foydalanishni tartibga solishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi KQ-325-V-son Qarori toʻgʻrisidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

🔷Sessiya yakuni bilan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 8