Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
15-Dehqonobod saylov okrugidan saylangan deputat — Saitmurodov O‘ktam Nayman mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Samarqand viloyati, shahar va tuman Kengashlari deputatlari tomonidan 2026-yil yanvar oyida yuborilgan deputatlik so‘rovlari yuzasidan ma’lumotnoma
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Senat ishchi guruhi tomonidan Samarqand viloyatida aholi farovonligini oshirishga doir ishlar o‘rganildi
янв.21
Kattaqo‘rg‘on tumanida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining sayyor majlisi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2026-yil fevral oyida amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Samarqandda “Ogoh bo‘ling, firibgarlar” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlarining Senatda malakaviy amaliyoti boshlandi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Viloyat kengashi deputati mahallada
Mustaqillik mahallasida oilaviy tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi

 Mustaqillik mahallasida oilaviy tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi 

Xalq deputatlari
Quva tuman Kengashi deputatlari R.Nodirov, M.Sayfidinov, Sh.Djo‘raev hamda O‘zLiDeP
Quva tuman Kengashi apparati rahbari Yu.Abdullaevalar ishtirokida tumandagi Mustaqillik
mahalla fuqarolar yig‘inida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi. Tashrif davomida
mahallada aholi tomonidan tomorqadan samarali foydalanish, oilaviy tadbirkorlikni
yo‘lga qo‘yish va yangi ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar
atroflicha ko‘rib chiqildi. 

Deputatlar,
avvalo, mahallada namunaviy faoliyat yuritayotgan X.Po‘latovlar xonadonida bo‘lib,
tomorqa yer maydonida tashkil etilgan har biri 2 sotixdan iborat bo‘lgan 5 ta issiqxona
faoliyati bilan tanishdilar. Ushbu issiqxonalarda limon, apelsin va mandarin ko‘chatlarini
parvarishlash, ularni agrotexnik talablar asosida yetishtirish, hosilni yig‘ish
va ichki bozorga chiqarish jarayonlari yo‘lga qo‘yilgani e’tirof etildi. Oila a’zolari
tomonidan yaratilgan sharoitlar nafaqat daromad manbai, balki qo‘shimcha ish o‘rinlari
yaratish imkoniyatini ham bermoqda. 

Shuningdek,
deputatlar tadbirkor D.Akramov tomonidan tashkil etilgan quvvati 800 tonna sabzavot
va qariyb 500 tonna meva mahsulotlarini saqlash imkoniyatiga ega zamonaviy muzlatkich
ombori faoliyatini ham ko‘zdan kechirdilar. Mazkur loyiha orqali mavsumiy mahsulotlarni
sifatli saqlash, narx-navo barqarorligini ta’minlash va aholini yil davomida qishloq
xo‘jaligi mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashga munosib hissa qo‘shilayotgani
ta’kidlandi. 

Uchrashuv yakunida
deputatlar tomonidan bunday ilg‘or va samarali tadbirkorlik tashabbuslarini tumanning
boshqa mahallalarida ham keng targ‘ib qilish, aholiga amaliy ko‘mak va maslahatlar
berish, davlat dasturlari doirasida qo‘llab-quvvatlash choralarini kuchaytirish
bo‘yicha kelishib olindi. Bu kabi sa’y-harakatlar aholi bandligini ta’minlash, oilalar
daromadini oshirish hamda mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat
qilishi qayd etildi.  

Slide 1 of 8